Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman xorijiy jurnalist bilan uchrashdi
25 Okt
Xabaringiz bor, 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish bo‘yicha mamlakatimizga yuzga yaqin xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishgan. Ulardan biri Qozog‘istondagi infozakon.kz yangiliklar portali bosh muharriri Marat Bashimov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bilan ko‘rishish istagini bildirgan edi.
Ombudsmanning Surxondaryodagi vakili penitensiar muassasalarda tashkil etilgan saylov uchastkalari faoliyatini o‘rgandi
25 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov 9-son tergov hibsxonasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidetligiga saylov o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo saylov okrugi 279-saylov uchastkasida saylov jarayonining borishi va unda saylovchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.  
Ombudsman misrlik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashdi
23 Okt
Joriy yilning 23 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova  Misr Vakillar palatasining Ijtimoiy hamjihatlik, oila va nogironlar qo‘mitasi raisi, "Misrni qo‘llab-quvvatlash" fraksiyasi raisi, doktor Abdulhadiy Ahmad Al-Kasabi va Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amira Fahmilar bilan uchrashishdi.
Ombudsmanning  Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili 2-son tergov hibsxonasidagi saylovchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
23 Okt
Joriy yilning 23 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymova O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED Oltinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 2-son tergov hibsxonasida tashkil etilgan 78-sonli saylov uchastkasini borib ko‘rdi.
Feruza Eshmatova Sverdlovsk va Novosibirsk Ombudsmanlari bilan uchrashdi
22 Okt
Joriy yilning 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mamlakatimizga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Novosibirsk viloyati Inson huquqlari bo‘yicha vakili Shalabayeva Nina Nikolayevna va Sverdlovsk Ombudsmani Merzlyakova Tatyana Georgiyevnalar bilan uchrashdi.
Ijtimoiy masalalar Ombudsman eʼtiborida
21 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Jizzax viloyati, Zarbdor tumani “Adirobod” QFYda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar murojaati kelib tushdi. Unda murojaatchilar mahallada aholi uchun gaz, ichimlik suvi taʼminotini yo‘lga qo‘yish, poliklinika va ijtimoiy obyektlar yo‘qligidan norozilik bildirishgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
21 Okt
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90 va 117 moddalari va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolarining, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va erkinliklar  tengligi kafolatlangan.
Qonun ustuvorligini, inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlash-mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi garovidir
20 Okt
Joriy yilning 20 oktyabr kuni Xalqaro media-xollda “Qonun ustuvorligini, inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlash-mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi garovidir” mavzusida navbatdagi muloqot o‘tkazildi.
Ombudsman murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarga to‘xtaldi
18 Okt
Joriy yilning 18 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning fuqarolar murojaatlari asosida davlat idoralariga yuborayotgan murojaatlarining ijro holati tahlil qilindi.