Joriy yil 6 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining raisi Malika Kadirxanova BMT Taraqqiyot dasturining Istambuldagi Mintaqaviy markazi rahbari Bxarati Sadasivam bilan virtual muloqot qilishdi. Unda BMT Taraqqiyot dasturining inson huquqlarini taʼminlash, xususan gender tenglik, xotin-qizlarning huquqi va imkoniyatlarini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.