2022 yilning 17 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti va Konrad Adenauer nomidagi fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanining) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorovga Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasidagi mahbuslardan murojaat kelib tushgan edi. Murojaatda mahbuslarga berilayotgan ichimlik suvining isteʼmolga yaroqsizligi aytilgan.
2022 yil 14 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasiga qilgan tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi. Qabulda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsuli hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi Tashqi migratsiya agentligining Istanbuldagi xodimi ishtirok etdi.
Joriy yilning 13 may kuni Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasini taʼsis etilganligi munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirok etdi.
Turkiya Bosh Ombudsmani taklifiga binoan Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasini tuzish bo‘yicha taʼsis Kengashida ishtirok etish maqsadida Turkiya Respublikasining Bursa shahriga tashrif buyurgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va delegatsiya aʼzolari Bursa gubernatori Yakub Kanbolat, Osmangazi meri Mustafa Dyundar hamda Bursa meri Alinur Aktash o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq va pragmatik tashqi siyosati, uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari tufayli keyingi yillarda O‘zbekistonning turkiy tilli davlatlar bilan mutlaqo yangi – sog‘lom siyosiy va iqtisodiy aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.
Sizga shuni maʼlum qilamizki, hozirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning ishonch telefoni liniyadagi texnik nosozliklar tufayli vaqtincha ishlamayapti.
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalovning Bo‘ka tumanidagi 43-son manzil koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirgan edi. Ushbu monitoring davomida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlardan bir necha masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, nazoratga olingan edi.