Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 26-iyunda “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 2021-yil davomida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 177 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yil yakunlariga ko‘ra 76 tani tashkil etgan.
Maʼlumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini yana-da kuchaytirish, jumladan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Ombudsman hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari tomonidan gaupvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism va majburiy davolash muassasalarida qiynoqqa solish holatlarini oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflarini o‘tkazish belgilangan.
Joriy yilning 23–25 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligidagi jamoatchilik guruhi aʼzolari, senator, Ombudsmanning mintaqaviy vakili Xorazm viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda qiynoqqa solish holatlarini o‘rganish maqsadida monitoring tashriflarini o‘tkazdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va jamoatchilik guruhi tomonidan milliy preventiv mexanizm doirasida qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida Samarqand viloyatiga o‘tkazilgan monitoring tashrifining ikkinchi kunida dastlab 7-son tergov hibsxonasi ko‘zdan kechirildi.