Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
“Ijtimoiy ishning professionalizatsiyasi - ijtimoiy xizmatlar sifatining kafolati” mavzusida yozgi maktabi tashkil etildi
05 Avg
2022 yilning 30 iyul kuni Samarqand shahrida Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetida Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston ijtimoiy ish maktablarining Milliy Assotsiatsiyasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) hamkorligida Karitas Germaniya Assotsiatsiyasining Tojikistondagi filiali tomonidan amalga oshirilayotgan “Ijtimoiy ishning professionalizatsiyasi - ijtimoiy xizmatlar sifatining kafolati” mavzusida Yozgi maktabi tantanali ravishda o‘z ishini boshladi. 5 avgustga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yozgi maktabda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi universitetlarining ijtimoiy ish kafedrasi o‘qituvchilari, loyiha hamkorlari va trenerlar ishtirok etishdi.
Komissiya aʼzolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiya loyihasini tayyorlashga masʼul qo‘mita aʼzolari bilan uchrashishdi
04 Avg
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi o‘rganishlari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari bilan uchrashishgan edi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Jondor tumanida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
03 Avg
Mamlakatimizda 2022 yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb eʼlon qilinishi hamda aholini mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor qilish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikning rivojlantirishda mahallaning hal qiluvchi rolini va ahamiyatini oshirish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili tomonidan 2022 yil 3 avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida “Po‘loti”, “Oxshix” va “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inlari faollarini jalb etgan holda navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
2022-2030 yillarda O‘zbekistonda Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish tizimini noinstitutsionallashtirish strategiyasi tayyorlanmoqda
01 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 26 yanvarda tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish tizimini noinstitutsionallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2022 yilning 29 iyul kuni Muvofiqlashtiruvchi idoralararo guruhning ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha yozuvchi va shoirlarning fikrlari o‘rganildi
29 Iyu
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari adiblar bilan suhbatlashish, bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha ular fikrlarini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurishdi.
Konstitutsiyaviy islohotlar sharoitida yuvenal yustitsiya institutini takomillashtirish istiqbollari
29 Iyu
2022 yilning 29 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Konstitutsiyaviy islohotlar sharoitida yuvenal yustitsiya institutini mustahkamlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi
29 Iyu
Xabaringiz bor, joriy yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning aholini huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasiga start berilgan edi.
Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari qanday masalalarni hal qilishdi?
29 Iyu
2022 yilning 28 iyul kuni Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi aʼzolarining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bu safar tumanlarda bo‘lgan namoyishlar tafsilotlari o‘rganildi
28 Iyu
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari Qonliko‘l, Shumanay va Kegeyli tumanlariga borib, inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq holatlar va hodisalarni o‘rganishdi. Uchrashuvlarda tuman hokimlari, IIO xodimlari, tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va ishchi xodimlar bilan suhbatlashishdi.
Komissiya aʼzolari maʼmuriy jazo muddatini o‘tab chiqqan fuqarolar bilan uchrashdi
28 Iyu
2022 yilning 28 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari maʼmuriy jazo muddatini o‘tab chiqqan fuqarolarlar bilan uchrashdi.
Ochiq eshiklar kuni
26 Iyu
Eʼlon!
Komissiya aʼzolari odamlar kayfiyatini o‘rganish uchun Qoraqalpog‘iston voqealarining asosiy maydoniga aylangan Nukus shahridagi markaziy dehqon bozoriga bordilar
26 Iyu
Bozorga tashrif davomida Komissiya aʼzolari savdogarlar va mahalliy aholi bilan suhbatlashdilar. Komissiya aʼzolarining taʼkidlashicha namoyishda qatnashgan aholi biror bir aniq maʼlumotga ega bo‘lmasdan ro‘y berayotgan voqealarga bo‘lgan ichki qiziqish hissi taʼsiriga tushib qolganligini bildirishgan.