Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, inson huquqlari targ‘iboti, inson huquqlari sohasidagi taʼlim va ilmiy tadqiqotlari, ekologik huquqlarni himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh fuqarolar va tashkilotlar hamda xalqaro tashkilot vakillari «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.