Ombudsman tomonidan ushbu holatlar bo‘yicha Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga kamchiliklarni bartaraf etish va shu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun tegishli choralar ko‘rilishini so‘radi.
Ombudsmanga maʼlum qilinishicha, monitoring yakunlariga ko‘ra 6 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan va ularga intizomiy choralar qo‘llanilgan. Jumladan, 1 nafar xodim Intizomiy kengash muhokamasiga qo‘yilgan, 2 nafar xodimga tanbeh, 2 nafariga esa hayfsan intizomiy jazolari berilgan. VSʼH rahbari esa Ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi.
Hozirda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar boshlangan bo‘lib, ularning to‘liq hal etilishi bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) doimiy nazoratini olib boradi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati