Monitoring davomida mahkumalarning yotoq joylari, oshxona, tibbiyot bo‘limidagi sharoitlar hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash xonalari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, monitoring doirasida sayyor qabul ham tashkil etilib, Ombudsman mintaqaviy vakiliga yakka tartibda murojaat qilish istagida bo‘lgan 12 nafar mahkuma murojaatlari qabul qilindi va ayrimlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Monitoring tashrifi yakunlariga ko‘ra, muassasa maʼmuriyatiga tegishli tavsiyalar kiritiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati