Monitoring davomida mahkumlarning yashash sharoitlari, jumladan, yotoq joylari, yuvinish xonalari, tibbiyot bo‘limi, kutubxona, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotgan joylar, mehnat sharoitlari hamda yaqin qarindoshlar bilan uzoq muddatli uchrashuv xonalari ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, Ombudsmaning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili mahkumlar bilan jamoaviy va yakka tartibda suhbatlashib, ularning muassasadagi sharoitlar va xodimlarning muomalasi bo‘yicha fikrlarini o‘rgandi hamda murojaatlarini qabul qildi.
Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, elektron do‘kon faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda eskirgan bino hududini ta’mirlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati