Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazm viloyatidagi Ruhiy asab-kasalliklari dispanseriga monitoring tashrifi amalga oshirildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhi aʼzolari hamkorligida Xorazm viloyati Ruhiy asab-kasalliklari dispanseriga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Dispanser 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, monitoring kunida u yerda 467 nafar bemor davolanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Kuzatuv davomida dispanserdagi bemorlar yotoq joylari va yuvinish xonalarining sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, davolanayotganlarning muolajalari o‘z vaqtida bo‘layotganligi, tibbiyot bo‘limidagi dori-darmonlarning yaroqliligi talab darajasida ekanligi, yaqin qarindoshlar bilan uchrashish xonalarida barcha sharoitlar yaratilganligi hamda davolanayotganlarga issiq taomlar kundalik taomnoma asosida autsorsing xizmati orqali taʼminlanayotganligi aniqlandi.

Shu bilan bir qatorda, jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan dispanserda davolanayotganlar bilan jamoaviy suhbatlar o‘tkazildi, shuningdek ikki nafar davolanayotgan shaxs Ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan yakka tartibda qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati