Shuningdek, Mintaqaviy vakilning so‘roviga asosan, 27-son Manzil koloniya ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi va boshqa komissiya a’zolari ishtirokida mahkum J.Q. joriy yilning 26 iyul kuni tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv xulosasida mahkumga “Sch s/z grudnogo otdela piщyevoda ekzofitiya f.rosta. Laparotomiya, nalojeniye gastrostomы” tashhisi qo‘yildi.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 12/9-sonli qo‘shma Qarori bilan tasdiqlangan “Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxati”ning 2.1-bandiga asosan mahkumning o‘talmagan jazo muddatini o‘tashdan ozod qilish bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudiga Ombudsmanning iltimosnomasi va koloniya ma’muriyati tomonidan taqdimnoma kiritildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudining joriy yilning 26-iyul kungi ajrimi asosida mahkum J.Q og‘ir kasallikka chalinganligi tufayli O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan jazo muddatidan ozod qilindi.
Ma’lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 75-moddasiga muvofiq, hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi belgilangan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati