Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga Sirdaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan ayol murojaat qildi
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi 8-sonli tergov hibsxonasiga amalga oshirilgan monitoring tashrifida sudlanuvchi P.M. qilgan jinoyatidan qattiq pushaymon ekanligini bildirgan. Shuningdek, u qizi shaxsini tasdiqlovchi hujjat olishi kerakligi, lekin, oilasi moddiy jihatdan qiynalayotgani sababli yordam so‘rab murojaat qoldirgan edi.

Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qildi va sudlanuvchining qiziga ID-karta rasmiylashtirib berilishi taʼminlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati