Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili sayyor qabul o‘tkazdi
2023 yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov Urganch shahar, 20-sonli "Obi hayot" mahallasida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulga kelgan fuqarolar uy-joy, moddiy yordam,  sog‘lig‘ini tiklash uchun dori-darmon hamda sog‘lomlashtirish sihatgohlariga yo‘llanma olish, tadbirkorlik uchun yer ajratish masalalariga oid murojaatlarini qoldirishdi.

Fuqarolar murojaatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili nazoratiga olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati