Sayyor qabulda 2-sektor raxbari, tuman prokurori, tuman hokimi yordamchisi, viloyat Nogironlarni reabilitatsiya qilish markazining Uchko‘prik tuman bo‘limi boshlig‘i, Poloxon MFY raisi va boshqalar ishtirok etishdi.
Qabulda 2 nafar 1-guruh nogironi bo‘lgan fuqarolar mustaqil yura olmayotgani uchun nogironlik aravachasi ajratilishida yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Murojaat mintaqaviy vakil tomonidan nazoratga olinib, ertasi kuniyoq Viloyat Nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi tomonidan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.
Shuningdek sayyor qabul jarayonida tumanning Qumariq MFYda yashovchi S.Sh. 1-guruh nogironi ekanligi va oilani tebratishga qiynalayotganligini bildirdi.
Ushbu murojaat 2-sektor ko‘magi va tadbirkorlar homiyligi asosida to‘liq qondirildi
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati