Mazkur murojaat o‘rganish uchun Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga yuborildi.
Mintaqaviy vakil murojaatchining uy manziliga maʼsul sektor rahbari, mahalla bo‘lim boshlig‘i va fuqarolar yig‘ini raisi bilan borganida haqiqatdan ham fuqaro juda og‘ir sharoitda yashayotganiga guvoh bo‘ldi. Uyning tom qismidagi taxtalarni vahmak (termit) hasharoti yeb bitirayotgani sababli, turar-joy avariya holatiga kelib qolgan.
Qolaversa, yog‘ingarchilik bo‘lsa uy tomidan chakki o‘tadi, isitish tizimi ishlamagani sababli uy doim sovuq va zax holatda bo‘ladi.
O‘rganish ishlari davomida fuqaro B.Z. ishsizligi sababli arzon turar-joy uchun ipoteka kreditini rasmiylashtira olmayotgani va to‘lovlarni vaqtida to‘lashi uchun ham doimiy ishga ega bo‘lishi kerakligini maʼlum qildi.
Ombudsman vakili Zuxra Reymovaning aralashuvi bilan murojaatchiga shahar hokimligi balansida turgan Nukus shahar “Yeliabad” MFY hududida joylashgan xonadon vaqtincha ajratib berildi.
Hozirgi kunda fuqaro B.Z.ning mutaxassisligi bo‘yicha doimiy ish bilan taʼminlanish choralari ko‘rilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati