Monitoring davomida mahkumlarning yashash, ovqatlanish, posilka, yo‘qlov, banderollar va pul jo‘natmalarini olish hamda mehnat qilish sharoitlari o‘rganildi.
Aniqlanishicha, ushbu muassasadagi shart-sharoitlar deyarli qoniqarli darajada, lekin, mehnat qonunchiligiga zid baʼzi holatlar mavjud. Jumladan, muassasada jazo muddatini o‘tayotgan 100 dan ortiq mahkumlar Nukus tumanidagi g‘isht zavodlaridan birida mehnat qilib kelmoqda. Lekin, ularga joriy yilning mart-may oylari uchun xanuzgacha ish haqlari berilmagan.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili Zuxra Reymovaning aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlarini to‘lab berilishiga erishildi.
Shuningdek, Mintaqaviy vakil mahkumlar bilan suhbat davomida ularning huquq va majburiyatlari, Ombudsmanga murojaat qilish tartibi va usullari haqida maʼlumot berdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati