Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Xorazmdagi Mintaqaviy vakili  11-sonli tergov hibsxonasiga bordi  
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi Mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov bo‘lib, u insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan Vakilga ko‘maklashadi.

Maʼlumki, 2019 yildan buyon Ombudsman huzurida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizmi doirasida Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari tomonidan jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari va boshqa yopiq muassasalarga inson huquqlarining taʼminlanishi bo‘yicha monitoring tashriflari o‘tkazib kelinadi.

Davlat rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasi hamda 2021 yilgi Davlat dasturida Ombudsman zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib bu boradagi ishlar yana-da kuchaytirilmoqda.

Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov Urganch shahar 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.  

Monitoring tashrifida mintaqaviy vakil mahbuslar uchun qisqa va uzoq muddatli uchrashuv, telefon so‘zlashuv xonalarida yaratilgan shart-sharoitlar, pochta va banderollarni qabul qilish jarayoni, mahbuslarni ushlab turish, tergov va advokatlar bilan uchrashuv xonalari, oshxona va tibbiyot bo‘limlarini ko‘zdan kechirdi.

Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov ushbu monitoring davomida mahbuslardan muassasada yaratilgan sharoitlar va qiynoqqa solish masalalarida hech qanday murojaat kelib tushmaganini qayd etdi.

Haqiqatdan ham yopiq muassasalardagi shart-sharoitlar yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Xonalar issiq, maxbuslarga qonun hujjatlarida belgilangan shart sharoitlar yaratilgan.

Biz doimiy ravishda mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy va yakkama-yakka tartibda suhbatlar o‘tkazib, ularga o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntiramiz, murojaatlari bo‘lsa qabul qilamiz. Har haftada Ombudsman qutisiga kelib tushgan murojaatlar olinib, o‘rganiladi. Bugun ham ushbu qutidan 3 ta murojaatni qabul qilib oldim. Mahbuslar bilan suhbat davomida yana 10 ga yaqin murojaat olindi.

Monitoring davomida mintaqaviy vakil Xamro Bektemirov maxbuslarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam xususida hibsxonaning shifokori bilan suhbatlashganda, u dori-darmon, uskunalardan kamchilik va muammolar yo‘qligini, qoniqarli darajada sharoitlar borligini va muassasada saqlanayotgan shaxslar o‘rtasida koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar yo‘qligini bildirdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati