Monitoring davomida muassasalarda saqlanayotgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish holati, bolalarning taʼlim olishi va ularning oziq-ovqat taʼminoti, shuningdek ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan monitoring o‘tkazilgan muassasalardagi bolalar bilan alohida va jamoaviy tartibda uchrashuvlar o‘tkazildi.
Shunisi achinarliki, Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan Toshkent viloyati IIBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi borib tekshirilganda, Markazda 15 nafar voyaga yetmagan bolalar saqlanib kelinayotganligini, bolalarni saqlash sharoitlari, ularga o‘qitish, taʼlim-tarbiya berish va huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi holatlari aniqlandi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan yuqoridagi holatlar bo‘yicha Qonun hujjatlari talablarining buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda masʼul mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab Ichki ishlar vaziri nomiga “Taqdimnoma” kiritildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili (ombusdman) Matbuot xizmati