Monitoringda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senatorlari va Navoiy viloyat prokuraturasi masʼul xodimlari hamkorlik qilishdi.
Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining 4-son tergov hibsxonasi va Vaqtincha saqlash hibsxonasi, Maʼmuriy qamoqqa olinganlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonasi, Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan 1-son, Kogon shahrida joylashgan 20-son va Qorovulbozor tumanida joylashgan 17-son jazoni ijro etish koloniyalari, shuningdek, Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasining Vaqtincha saqlash hibsxonasi va Maʼmuriy qamoqqa olinganlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonasi, Navoiy viloyatining Navoiy shahrida joylashgan 4- va 11-son, Qiziltepa shahrida joylashgan 5-son va Zarafshon shahrida joylashgan 12-son jazoni ijro etish koloniyalari hamda Navoiy shahrida tashkil etilgan koronavirus bilan kasallanganlarni davolashga ixtisoslashgan markazlarning faoliyati monitoring qilindi.
Xususan, yuqorida qayd etilgan muassasalarda saqlanayotgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish holati va ularning oziq-ovqat taʼminoti, shuningdek ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mahkumlar mehnatini muhofaza qilish holatlari o‘rganildi. Ekspert guruhi aʼzolari tomonidan monitoring o‘tkazilgan muassasalardagi shaxslar bilan alohida va jamoaviy tartibda uchrashuvlar ham o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli muassasalar rahbarlariga tavsiyalar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili (ombudsman) Matbuot xizmati