Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova boshchiligida Ombudsman Devoni xodimlari hamda Ombudsman huzuridagi Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlarining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari a’zolari tomonidan Buxoro viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirilmoqda.