Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Gender tengligini taʼminlash inson huquqlarining asosini tashkil etadi – Ombudsman
15 Sen
2022 yilning 15 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va uning huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat, vazifalar va istiqbol” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiyada ishtirok etdi.
Tergov jarayonlarida qiynoq qo‘llanilgani bo‘yicha eʼlon qilingan xabar Ombudsman nazoratiga olindi
15 Sen
2022 yilining 15 sentyabr kuni Vodiy24.uz telegram kanalida “Andijonda hali ham eski tuzum saqlanib qolganmi?” nomli videoxabar eʼlon qilindi. Unda ayni kunlarda andijonlik 5 nafar yigit ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani, sud jarayonida ayblanuvchilarning hech biri aybiga iqror emasligi, ruhiy va jismoniy bosim asosida tergov qilingani aytilmoqda.
Komissiya o‘rganishlari negizi fuqarolar murojaatlariga asoslanadi
15 Sen
2022 yilning 14 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan Komissiya aʼzolari 20 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlarini qabul qilishdi.
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili boshchiligida mahkumlarning sog‘lig‘i o‘rganilmoqda - 3 nafar mahkumning ko‘rish qobiliyati tiklandi
14 Sen
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlising Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan joriy yilning 1-5 avgust kunlari 5,11-son JIEKda saqlanayotgan mahkumlar tasdiqlangan qo‘shma rejaga asosan hududiy tibbiy muassasa shifokor mutaxassislari jalb etilib, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan edi.
13 sentyabr kuni Komissiya aʼzolari tomonidan 60 nafardan ortiq fuqarolar qabul qilindi
14 Sen
Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘istondagi holatlarni o‘rganayotgan Komissiya aʼzolari 2022 yilning 13 sentyabridan yana Qoraqalpog‘istonda ish boshlashdi.
Komissiya aʼzolari fuqarolar murojaatlarini o‘rganishmoqda
13 Sen
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari 2022 yilning 13 sentyabr kunidan yana Qoraqalpog‘istonda ish boshladi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi Navoiyda
12 Sen
Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazilmoqda. 2022 yilning 9 sentyabr kuni “Ombudsman maktabi” loyihasining navbatdagi tadbiri Navoiy viloyati, Navbahor tumanida o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Polsha Ombudsmanlari hamkorligi rivojlanmoqda
10 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Polshaning Varshava shahriga qilgan amaliy tashrifi doirasida 2022 yilning 9 sentyabr kuni Polsha Ombudsmani Marchin Vyonsek bilan uchrashdi. 
Yopiq muassasalarga monitoring o‘tkazish bo‘yicha xalqaro amaliyot o‘rganildi
09 Sen
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova xizmat tashrifi bilan Polshaning Varshava shahrida bo‘lib turibdi. U YEXHT mintaqasi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida ishtirok etgan edi. Ombudsman ushbu tadbirlar  doirasida  7-9 sentyabr kunlari tashkil etilgan inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmlar guruhlari va fuqarolik jamiyati vakillari uchun tashkil etilgan mintaqaviy treningda ham ishtirok etdi.