Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
2024 yilning 10 dekabr kuni Ombudsman jamoatchilik vakillari bilan birgalikda Xorazm viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirdi. Jumladan, 11-son tergov hibsxonasidagi sharoitlar, mahbuslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, isitish tizimi va boshqa holatlar o‘rganildi. Monitoring doirasida voyaga yetmaganlar va ayollar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganildi hamda mahbuslarning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi.
2024 yilning 10 oyda Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 774 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2023-yilning 10 oyida ushbu ko‘rsatkich 468 tani tashkil etgan edi.
2024-yilning 1-yarim yilligida Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 452 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2023-yilning 6 oyida ushbu ko‘rsatkich 348 tani tashkil etgan edi.
2023 yilning 10 oyida Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 452 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2022-yilning 10 oyida ushbu ko‘rsatkich 297 tani tashkil etgan edi.
2023 yil 1-yarim yilligida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 348 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2022-yilning 1-yarim yilligida bu ko‘rsatkich 156 marotabani tashkil etgan.