Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
“OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA INSON HUQUQLARINI TAʼMINLASH: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI”  MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILDI
26 Mar
Joriy yilning 25 mart kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlarini taʼminlash: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil choralarni qo‘llash masalalari muhokamalar markazida
25 Mar
2022 yilning 25 mart kuni “City Palace Hotel Tashkent” mehmonxonasi majlislar zalida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy sud, “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, YEXHTning O‘zbekiston va Tojikistondagi loyihalari koordinatori, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakilligi, BMTning O‘zbekistondagi giyohvand moddalari va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda Qirg‘iziston, Tojikiston O‘zbekiston va Qozog‘istonda ozodlikdan mahrum qilishning muqobil choralarini qo‘llash bo‘yicha mavjud amaliyotni o‘rganishga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiya o‘tkazildi.
Senatorlar tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti maʼqullandi
17 Mar
Senatning 24-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Mazkur masala yuzasidan Ombudsman Feruza Eshmatova so‘zga chiqdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning xalqaro pozitsiyasini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi
16 Mar
2022 yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Rishard Komenda bilan uchrashdi.
Sud sohasidagi gender tenglik va huquq ustuvorligini taʼminlashda ayol sudyalarning roli
15 Mar
BMT Bosh Assambleyasining 2021 yil 28 apreldagi 75/274-sonli rezolyutsiyasi bilan “10 mart – Xalqaro ayol sudyalar kuni” deb belgilangan.
Ombudsmanning Xorazm viloyati mintaqaviy vakili tayinlandi
14 Mar
Ollayorov Odilbek Davlatovich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Ombudsmanning Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakili tayinlandi
11 Mar
Normurodov Murodulla Tog‘ayevich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Ombudsmanning Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakili tayinlandi
11 Mar
Kamilov Alisher Odilovich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari global alyansining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi
11 Mar
2022 yilning 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning global alyansining yillik yig‘ilishida ishtirok etdi. Mazkur yig‘ilish inson huquqlarini taʼminlash sohasida faoliyat yuritadigan milliy institutlar faoliyatini yangi ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalangan holda tashkil etish hamda Ombudsmanlarning o‘zaro tajriba almashish masalalariga bag‘ishlandi.
Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tayinlandi
10 Mar
Husanov Diyor Sheraliyevich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tayinlandi
09 Mar
Xuseynova Abira Amanovna – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasida Ombudsman hisoboti eshitildi
09 Mar
2022 yil 9 mart kuni Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, ekspertlar, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.