Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganiga va mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tganiga 31 yil to‘ldi. Inson baxtli bo‘lishi uchun erkin bo‘lishi, erkin bo‘lishi uchun esa mustaqil bo‘lishi kerak. Demak biz, eng avvalo, mustaqillikning mazmun-mohiyatini anglab olishimiz va yosh avlodga uning ahamiyatini yetkazishimiz zarur bo‘ladi. Inson “mustaqillik” deganda o‘z taqdiriga o‘zi egalik qilish huquqi ekanligini anglashi va uni yana-da mustahkamlashga intilishi zarurligini tushinish lozim. Shuning uchun ham har bir inson “mustaqillik” degan so‘zning tub maʼnosini tushunib yetishi, bu so‘zning buyuk neʼmat ekanligini anglashi va unda naqadar ulug‘ maʼno yotganligini anglashi ahamiyatlidir.
Mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Xo‘sh, keyingi yillarda “Inson qadri ulug‘” prinsipi asosida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? Umuman, inson huquqlari hamda erkinliklarini muhofaza qilishning taʼsirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish borasidagi ishlardan xalqimiz rozimi?
Joriy yilning 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz 2022 yil 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng qamrovli islohotlarni boshladik. Eng muhimi, o‘tgan 6 yil mobaynida butun jamiyatimiz qayta uyg‘ondi, odamlarimiz yangicha fikrlash, ishlash va yashashga intilmoqda.Fuqarolar tomonidan amaldagi Konstitutsiyani yana-da takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab takliflar va mulohazalar bildirilmoqda” deb eʼtirof etdilar.
Konstitutsiya o‘zida insonning xalqaro umumeʼtirof etilgan asosiy huquq va majburiyatlarini o‘zida jamlagan va oliy yuridik maqomga ega hujjatdir.