Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati... Bu jumlalar o‘tgan besh yil davomida amalga oshirilgan islohotlar silsilasida tez-tez tilga olinib, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash va kafolatlash borasida muhim qadamlar qo‘yilishiga erishildi. Jumladan, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi orqali qonun ustuvorligini taʼminlash, adolatni qaror toptirish, aholini qiynab kelgan muammolarning hal etish, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi haqidagifikrlarning aksariyatida saylov ochiq-oshkora, o‘zaro raqobat sharoitida, milliy qonunchilik va xalqaro standartlar asosida o‘tgani eʼtirof etilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiningyaqindabo‘lib o‘tgan 76-sessiyasi o‘z mazmuni va dolzarbligi jihatdan tarixiy ahamiyat kasb etdi. Koronavirus pandemiyasi, misli ko‘rilmagan iqlim muammolari, Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi va boshqa inqirozlar davlatlar o‘rtasida muntazam muloqotni kuchaytirish muhimligini anglatmoqda. Zero, BMT Boshkotibi Antonio Gutereshning so‘zlariga ko‘ra, insonlarda ishonch va umidni o‘yg‘otish uchun mamlakatlarning hamkorligi, muloqoti va o‘zaro tushunishi muhimdir.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lsa, o‘tgan chorak asrdan ortiq muddat davomida Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili sifatida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelmoqdaman.
Keyingi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan shaffof siyosiy boshqaruv tizimining samarasi demokratik institutlar faoliyatida yaqqol namoyon bo‘la boshladi.