Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston xalqi, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlat, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish masʼuliyatini olgan. Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasiga muhrlangan ushbu satrlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosini tashkil etadi.
Mamlakatimizda insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, “Inson qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shartligi Davlat rahbarining qatʼiy talabidir. Shu nuqtai nazardan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, konstitutsiyaviy jarayonlar natijasida, Bosh qomusimizda inson qadri, manfaati uchun xizmat qiladigan normalar amaldagisidan 3 baravarga ko‘paydi.
Inson huquqlarini taʼminlash masalasi shaxsning ozodlikda yoki jazo muddatini o‘tayotganidan qatʼi nazar o‘z dolzabligini yo‘qotmaydi. Mahkum va mahbuslar ham qonun hujjatlarida belgilangan muayyan huquqlarga ega. Xususan, Konstitutsiyamizda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga xos bo‘lgan qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega ekani belgilangan.
Saylovlar – fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini taʼminlovchi siyosiy huquqi sanaladi. Bejiz, saylov huquqi sohasidagi tamoyillar va standartlar 1948 yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida aks etmagan. Qolaversa, hozirda erkin saylov tashkil qilinishi va o‘tkazilishini taʼminlash sohasida 20 dan ortiq universal va mintaqaviy xalqaro shartnomalar amal qiladi. Umuman olganda demokratik saylovlar fuqarolik va siyosiy huquqlarning tantanasi sifatida taʼriflanadi.
Inson qadri barcha narsadan ustun. Davlat rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ushbu g‘oyaning to‘liq mujassam ekaniga guvoh bo‘ldik. Taʼlim, sog‘liqni saqlash, elektr energiya, gaz, sud-huquq, xullas aholini qiynab kelayotgan masalalarning barchasi ushbu Murojaatnomadan o‘rin oldi. Ahamiyatlisi, muammolar aniq ko‘rsatildi, takliflar ham aniq ilgari surildi.