Joriy yilning 20–22-oktabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida Osiyo-Tinch okeani forumi (APF), Qiynoqlarning oldini olish assotsiatsiyasi (APT) hamda EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (ODIHR) hamkorligida tashkil etilgan “Qiynoqlar va shafqatsiz muomalaning oldini olish bo‘yicha mintaqaviy dastur: gender va kesishuvchanlik nuqtayi nazaridan yondashuv” mavzusidagi xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.