Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmandan yangi loyiha: “Tenglik va hurmat” platformasi
04 Sen
JSSTning maʼlumotiga ko‘ra, ayollarga ko‘p hollarda jismoniy tazyiq ularning umr yo‘ldoshlari tomonidan o‘tkaziladi. Tazyiq va zo‘ravonlik oqibatida o‘lim kelib chiqqan hollarning 38 foizida uning turmush o‘rtog‘i yoki u bilan birga ro‘zg‘or qurib yashayotgan shaxsning aybi bo‘lishi taʼkidlangan.
Namangandagi profilaktika inspektori bilan bog‘liq holat Ombudsman nazoratiga olingan
04 Sen
Kuni kecha qator OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida profilaktika inspektori tomonidan fuqaro qiynoqqa solingani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
02 Sen
2025 yil 2 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Navoiy viloyatida mustaqillik bayrami arafasida mahkumlar uchun maʼnaviy tadbir va monitoring tashriflari o‘tkazildi
30 Avg
Davlat mustaqilligining 34 yilligi arafasida respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida Navoiy viloyatidagi 4- va 5- jazoni ijro etish koloniyalarida madaniy tadbir tashkil etildi. Respublikadan viloyatga tashrif buyurgan taniqli olimlar, sanʼat va madaniyat xodimlaridan iborat madaniyat va maʼrifat karvoni ishtirokchilari koloniyalarda xizmat qilayotgan xodimlar va ularda saqlanayotgan shaxslar bilan ijodiy uchrashuvlar va yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazishdi. Siyosatshunos, oilashunos, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxammedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Ro‘zmetov, teatr va kino aktyori Baxrom Usmonov, O‘zbekiston davlat filormoniya xonandasi Faxriddin Xolnazarov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyati bo‘lim rahbari Rustam Hayitov va boshqalar inson qadri, oilaviy hamjihatlik va mehr-oqibat qadriyatlarini targ‘ib qildilar. Samimiy muloqotlardan so‘ng konsert dasturlari namoyish etildi.
Ombudsman Andijon viloyatidagi yopiq muassasalardagi sharoitlarni o‘rgandi
28 Avg
2025 yil 26–27 avgust kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshchiligida va uning huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha MPM doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari aʼzolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Andijon viloyatida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsmanga Andijon viloyatidan yuborilgan murojaatlarda qanday masalalar ko‘tarilgan?
27 Avg
Aholining mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi tub o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri Andijon viloyatida tashkil etildi. Dastlab mazkur hududdan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar tanlab olindi va unga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Gulnora Abduvoxidova va Oybek Yuldashevlar hamda tegishli tashkilot vakillari jalb etildi.
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
27 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatchilik guruhlari tomonidan 2025-yilning iyun oyida Quyichirchiqva Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasida Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan edi.
Masʼuliyatsizlik ortidan buzilgan huquqlar: Ombudsman ko‘magi bilan tiklandi
21 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga xizmat vazifasiga bepisand yondoshgan ayrim xodimlar ustidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi.
Sirdaryoda mehnat huquqlari tiklandi: 38 million so‘m ish haqi undirildi, noqonuniy jarima bekor qilindi
19 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga mehnat huquqlarining buzilishi bo‘yicha bir necha jamoaviy va yakka tartibda murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlar Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida o‘rganildi.