Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman tomonidan Farg‘ona viloyatidagi qator muassasalarda saqlash sharoitlari o‘rganildi
09 Iyu
2026 yilning 5 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Farg‘ona viloyatida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
09 Iyu
2026 yilning 8 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen bilan uchrashdi.
“Ombudsman soati” platformasi orqali o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda
08 Iyu
O‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi mashg‘ulotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida tashkil etildi. Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilgan darslarda 800 nafardan ortiq o‘quvchi qamrab olindi.
Buxorodagi Tergov hibsxonasiga oid xabarlar Ombudsman tomonidan o‘rganildi
07 Iyu
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi 4-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsga nisbatan qiynoq qo‘llanilayotgani va undan majburiy ko‘rsatma olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili qator muassasalarda monitoring o‘tkazdi
05 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 17-son Jazoni ijro etish koloniyasi, 4-son Tergov hibsxonasi, Qorako‘l tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi va shu tumandagi Erkaklar muruvvat uyi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Buxoro viloyat filialiga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman Polshada hamyurtlarimiz bilan sayyor qabul o‘tkazdi
04 Iyu
Joriy yilning 2 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasi vakillari ishtirokida Polshada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan joyiga chiqqan holda uchrashildi.
Ombudsman Polsha parlamenti a’zolari bilan uchrashdi
04 Iyu
2026 yilning 2 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Polsha Parlamenti quyi palatasi — Seym a’zolari Marek Rjonsa, Vanda Novitska hamda Alitsiya Lepkovska-Golas bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Polsha Konstitutsiyaviy tribunali va Polsha Ombudsman instituti vakillari bilan muloqot
03 Iyu
2026 yilning 2 iyun kuni Ombudsman F. Eshmatova va O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi A.Aʼzamxo‘jayev ishtirokida Polsha Respublikasi Konstitutsiyaviy tribunali (Konstitutsiyaviy sud) raisi o‘rinbosari Bartlomey Soxanskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ombudsman Polshadagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida fuqarolarimiz bilan ko‘rishib, sharoitlar bilan tanishdi
03 Iyu
2026 yilning 2 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Polshadagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi.