2026-yil 6-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Ombudsman Devoni xodimlari hamda Ombudsman huzuridagi Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.