Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
23 Apr
2026 yilning 22 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federatsiyasi Oltoy o‘lkasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Anton Vasilyev bilan uchrashdi.
Shvetsiya va Daniya migratsiya idoralari vakillari Ombudsman ofisiga tashrif buyurdi
22 Apr
2026 yilning 22 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov Shvetsiya Qirolligi Migratsiya agentligi vakili Emma Shimichich hamda Daniya Immigratsiya xizmati katta maslahatchisi Aleks Xemmingsen bilan uchrashdi.
Deputatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Ombudsman faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan qonunchilik taklifini ko‘rib chiqmoqda.
21 Apr
Hujjat 2024-yil 15-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun normalari ijrosini amalda samarali ta’minlashga qaratilgan. Mazkur qonunda Ombudsmanga qo‘shimcha vakolatlar va ta’sir choralari berilgan edi.
Samarqandda mehnat huquqiga oid ikki murojaat ijobiy hal etildi
21 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakiliga mehnat huquqlarini taʼminlash bilan bog‘liq ikki murojaat kelib tushdi. Ko‘rilgan choralar natijasida har ikki holatda ham fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi.
Surxondaryo viloyatidagi ayrim yopiq muassasalarda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha Ombudsman taʼsir choralari kiritiladi
20 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan shu viloyat IIB Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona (Maxsus qabulxona) hamda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi,Termiz shahri, Denov va Sho‘rchi tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalari (VSʼH), 9-son tergov hibsxonasi va 41-son Manzil-koloniyasi, shuningdek Termiz shahri, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on, Sherabod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlaridagi Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (xushyorxona), Denov “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar muruvvat internat uyi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali hamda Sho‘rchi tumanidagi alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 122-sonli maktab-internatlariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Samarqanddagi yopiq muassasalar o‘rganilganda qator kamchiliklar aniqlandi – Ombudsman
17 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSʼH) hamda Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonasi (Maxsus qabulxona), Urgut, Tayloq, Payariq va Qo‘shrabot tumanlari IIB VSʼHlari, shuningdek 7-sonli tergov hibsxonasi hamda 37 va 38-sonli Manzil-koloniyalari, Qo‘shrabot, Bulungur, Payariq va Urgut tumanlaridagi Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari (hushyorxona), Respublika Ixtisoslashtirilgan Ruhiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazi va Narkologiya xizmati bo‘yicha Samarqand viloyat filiallariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi
16 Apr
2026 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan onlayn tashkil etilgan tadbirda maʼruza bilan ishtirok etdi.
Ombudsman: Navoiyda “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida 2 ta holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
16 Apr
2026 yil 25 mart kuni Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Navoiy viloyati hududiy markazi boshpanasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida “Huquqiy yordam avtobusi” tadbiri o‘tkazildi.
“Ombudsman soati”: inson huquqlari bo‘yicha interaktiv darslar o‘tkazilmoqda
15 Apr
O‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda inson huquq va erkinliklari sohasidagi bilimlarini kengaytirishga qaratilgan “Ombudsman soati” mashg‘ulotlari respublika bo‘yicha ko‘plab maktablarda o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent, Namangan, Surxondaryo, Xorazm, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘tkazilgan navbatdagi darslarda 1000 nafardan ortiq o‘quvchilar qamrab olindi.