Joriy yilning 21-26 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasida tashkil etilgan ekspert guruhi tarkibida “Yuksalish” umummilliy harakatining Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha bo‘limlari hamda “Gumanitar huquqiy markaz” nodavlat tashkiloti vakillari, shuningdek jamoatchilik faollari ishtirokida Buxoro va Navoiy viloyatlarida navbatdagi monitoring amalga oshirildi.