Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Ombudsman hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari tomonidan gaupvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism va majburiy davolash muassasalarida qiynoqqa solish holatlarini oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflarini o‘tkazish belgilangan.