Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Namoyishga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rilganmi – Qoraqalpog‘istondagi huquq faollarining fikri eshitildi
19 Avg
19 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi huquq faollari Azimbay Ataniyazov va Arslanbay Utepov hamda "Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash" NNT QR bo‘limi boshlig‘i Gulsara Jollibekova bilan uchrashishdi.
Advokat va fuqarolar fikrlari o‘rganildi
18 Avg
2022 yilning 18 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari ishni advokatlar bilan uchrashishdan boshladi.
Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan fuqarolar o‘rtasida anonim so‘rov o‘tkazildi
17 Avg
2022 yilning 17 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari maʼmuriy jazo muddatini o‘tab chiqqan fuqarolar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashdi.
Namoyishda ishtirok etgan shaxslar advokatlarining fikrlari o‘rganildi
17 Avg
Avval xabar berganimizdek, Komissiya aʼzolari namoyishlar paytida qo‘lga olingan shaxslarga himoyalanish huquqining taʼminlanganlik holatini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Advokatlar palatasining QR hududiy boshqarmasi vakillari bilan uchrashishgan edi.
Komissiya aʼzolari namoyishlar paytida qo‘lga olingan shaxslarga himoyalanish huquqining taʼminlanganlik holatini o‘rganishmoqda
16 Avg
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
Komissiya Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha navbatdagi tekshiruvini boshladi
15 Avg
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari 2022 yilning 15 avgust kunidan yana Qoraqalpog‘istonda ish boshladi.
Komissiyaning Qoraqalpog‘istondagi faoliyatini yoritish bo‘yicha Telegram kanal ishga tushirildi
15 Avg
Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari o‘z faoliyatining 2022 yilning 16 iyul kunidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z faoliyatini boshlagan edi.
Navoiyda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etilmoqda
13 Avg
2022 yilning 12-13 avgust kunlari Navoiy viloyati, Karmana tumanining “Malik” va “Degoroniy” MFYlarida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev Karmana tumani hokimi o‘rinbosari, tuman oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Djalilova, tuman mahalla va nuroniylarni ko‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i G.Jumayevlar ishtirok etishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasi yig‘ilishi tafsilotlari
12 Avg
2022 yil 12 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘rganayotgan komissiya yig‘ilishida to‘plangan maʼlumotlar tahlil qilindi va keyingi rejalar belgilandi
11 Avg
2022 yilning 11 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya aʼzolari bilan birgalikda, “Madad” bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkiloti, “Demokratiya va inson huquqlari instituti”, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi, “Gumanitar huquqiy markaz”, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi kabi qator faol nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va OAV ishtirok etishdi.
Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar belgilab olindi
11 Avg
Joriy yilning 10 avgust kuni Milliy gvardiya Markaziy devonida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 avgust kunidagi "Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorini muhokama etish hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida navbatdagi video-selektor shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy tashkilotlarning Markaziy Osiyodagi tashabbuslari doirasidagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10 Avg
2022 yilning 9 avgust kuni shu yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyodagi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy tashkilotlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan mintaqaviy seminar arafasida Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar rahbarlari va Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.