Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiningyaqindabo‘lib o‘tgan 76-sessiyasi o‘z mazmuni va dolzarbligi jihatdan tarixiy ahamiyat kasb etdi. Koronavirus pandemiyasi, misli ko‘rilmagan iqlim muammolari, Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi va boshqa inqirozlar davlatlar o‘rtasida muntazam muloqotni kuchaytirish muhimligini anglatmoqda. Zero, BMT Boshkotibi Antonio Gutereshning so‘zlariga ko‘ra, insonlarda ishonch va umidni o‘yg‘otish uchun mamlakatlarning hamkorligi, muloqoti va o‘zaro tushunishi muhimdir.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lsa, o‘tgan chorak asrdan ortiq muddat davomida Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili sifatida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelmoqdaman.
Keyingi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan shaffof siyosiy boshqaruv tizimining samarasi demokratik institutlar faoliyatida yaqqol namoyon bo‘la boshladi.
Har bir davlat o‘z tajribasidan kelib chiqib, yillar davomida inson huquq va manfaatlarining taʼminlanishiga xarakat kiladi mazkur yo‘nalishda o‘z strategiyasini ishlab chiqadi, uni amalga oshiradi. O‘zbekistonda qariyb 26 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Ombudsman instituti ham chorak asr davomida tajriba to‘pladi, tegishli qonunchilik asoslari mustahkamlandi, vakolatlari kengaydi va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda. Xususan, Davlat rahbarining joriy yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Farmoni ham mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam bo‘ldi.
Mamlakatimiz tarixida “Yangi O‘zbekiston” nomli sahifani ochib bergan tarixiy hujjat bu 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bo‘ldi. Beshta yo‘nalishni qamrab olgan mazkur hujjat beshta Davlat dasturlari orqali amalga oshirib kelinmoqda. Buning ahamiyatli tomoni shundaki, 2017 yilgi Davlat dasturi aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yangi talab va mexanizmlar joriy etildi.