Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bugungi kunda inson qadr-qimmati, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash g‘oyasi demokratik islohotlarning eng muhim harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Shu jumladan, xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklari har qanday jamiyatda muhim o‘rin tutadi. Bu masala faqat bir mamlakatda emas, balki global miqyosda ham e’tibor talab qiladi.
Mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlarda inson qadrini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. “Inson – jamiyat – davlat” paradigmasi asosida davlat xalqning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash va hech kimni muammosi bilan yolg‘iz qoldirmaslik ta’minlanmoqda. 
Qiynoq masalasi jahon uchun eng global masalalardan hisoblanib, inson huquqlari bo‘yicha ko‘plab xalqaro hujjatlar ishlab chiqilganiga qaramay, hamon bu masala dunyo hamjamiyati diqqat e’tiboridan tushmayapti. 
O‘zbekiston tashqi siyosatida milliy manfaatlardan kelib chiqib, nafaqat xorijiy davlatlar, balki yirik xalqaro tashkilotlar bilan ham o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Yangilangan Konstitutsiyamizda har bir shaxsning huquqlari va erkinliklari teng eʼtirof etilgan va himoyalangan. Boshqacha aytganda, har bir insonning huquqlari ustuvor bo‘lib, davlatning fuqarolarga nisbatan adolatli va teng munosabatda bo‘lishini kafolatlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning qabul qilgan har bir qarori va harakati insonning fundamental huquqlari taʼminlanganligini anglatadi.