Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzurida qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarini tashkil etish hamda ushbu jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga muntazam ravishda monitoring tashriflarini amalga oshirish lozimligi qayd etilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Qiynoqlarning oldini olish faoliyatiga ko‘maklashuvchi sektor xodimlari va jamoatchilik guruxi aʼzolari tomonidan Jizzax viloyatining Jizzax shahridagi 29-son, Zafarabod tumanidagi 30-31–son Manzil koloniyalari, Jizzax shahar va Sharof Rashidov tumani IIO FMB Vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi 39-son, Guliston tumanidagi 40-son Manzil-koloniyalariga, shuningdek, Xovos shahridagi 8-son Tergov hibsxonasiga navbatdagi monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Joriy yilning 26 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligidagi ekspertlik guruhi va OAV ishtirokida Toshkent shahridagi 23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan kasalxonaga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida Ombudsman zimmasiga harakatlanish cheklangan yopiq muassasalarda qiynoq holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring tashriflarini amalga oshirish va bu haqda Parlamentga har chorakda axborot taqdim etish belgilangan.
Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili Murodulla Normurodov viloyatning Koson shahridagi 10-sonli jazoni ijro etish kоloniyasiga borib, mahkumlarning yashash sharoitlarini o‘rgandi.