Xabaringiz bor, joriy yilning 23 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) institutining 27 yilligi munosabati bilan xalqaro konferensiya tashkil etildi. “Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy qadriyati va muhim mezonidir” mavzusida o‘tkazilan xalqaro tadbirda ko‘plab xalqaro va mahalliy ekspertlar, xorijiy davlat Ombudsmanlari ishtirok etishdi. Mazkur tadbir Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili bilan hamkorlikda tashkil etildi.