Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson qadrini yuksaltirish – bu keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u barcha yo‘nalishlarda turlicha talqin va yondoshuvlar asosida amalga oshiriladi. Taraqqiyot strategiyasida esa bu vazifa eng avvalo, quyi bo‘g‘in hisoblangan mahallalardan boshlab, jamoatchilik, davlat organlari va Parlament miqyosida bajarilishi belgilanmoqda.
 Kuni kecha Davlat rahbari raisligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yana-da mustahkamlash masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bugungi kunning dolzarb vazifalari muhokama etildi.
Inson qadrini ulug‘lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning oʻz qobiliyatini toʻla roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha Mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etar ekan, Oʻzbekistonda alohida ehtiyojga ega boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlagani bejiz emas.
Inson huquqlarini taʼminlash, qiynoqlarga qarshi kurashish masalalasi juda keng hamda doimiy izlanish va o‘rganishni talab qilgani uchun ham dunyo hamjamiyati ushbu illatga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish, xalqaro miqyosda bajarilishi majburiy bo‘lgan normalarni ishlab chiqish yo‘lidan bormoqda.