Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
2025 yilning 19 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizmi doirasida faoliyat yurituvchi jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan Samarqand viloyatidagi bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 40-son manzil-koloniyasida o‘tkazilgan monitoring tashriflarida mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari mavjud emasligi aniqlangan edi.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Nukus shahar va Qonliko‘l tumani tibbiyot birlashmalari tarkibida tashkil etilgan mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (hushyorxona), Amudaryo tumani ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali, shuningdek, Chimboy tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar erkaklar internat uyida yashovchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish yuzasidan monitoring tashriflari amalga oshirildi.
2025 yilning 31 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda jamoatchilik guruhi a’zolari Farg‘ona viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda monitoring tashrifini amalga oshirdi.
2025 yilning 16–17 oktyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari, Devon xodimlari hamda Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizmi doirasida faoliyat yurituvchi jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan Xorazm viloyatidagi bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi. Ushbu jarayonlarda OAV vakillari ham ishtirok etishdi.