Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Referendum o‘tkazuvchi komissiya aʼzolarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv treninglarda Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili ishtirok etdi
Joriy yilning 5-6 iyul kunlari Navoiy Davlat pedagogika institutida tashkil etilgan hududiy seminar mashg‘ulotlarida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili, Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Shuhrat Jo‘rayev ishtirok etdi.

Maʼlumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yilda o‘tkaziladigan referendum ilk marotaba “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan yangi qoidalar asosida o‘tkaziladi. Shu nuqtai nazardan ushbu muhim siyosiy tadbirni qonunchilik, umumeʼtirof etilgan tamoyillar, xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan tashkil etishda Referendum o‘tkazuvchi komissiya aʼzolarining hamda uning ishtirokchilarining malakasini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Seminarda Referendum tayinlash huquqi, unda ishtirok etish va o‘tkazishning asosiy prinsiplari haqida ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek Markaziy saylov komissiya qarori bilan tasdiqlangan Konsepsiyaga asosan kaskad usulida o‘tkaziladigan o‘quv-uslubiy seminarlarning mazmun-mohiyati va ulardan ko‘zlangan natijalar xususida maʼlumot berildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari