Freedom for Eurasia xalqaro inson huquqlari tashkiloti saytida mahkum Jumasapar Dadaboyevning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonaga joylashtirilgani haqida xabar eʼlon qilindi. Xabarda, shuningdek, mahkumning otasi E.Dadaboyev tomonidan 2025 yil 2 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qilingani qayd etilgan.