Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman boshchiligida Toshkent viloyatidagi 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida monitoring o‘tkazildi
24 Iyu
2026 yilning 24 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshchiligida uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhi aʼzolari Toshkent viloyatidagi 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Bektemir tumanidagi holat o‘rganilmoqda
24 Iyu
BBC murojaati hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomateriallar Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda. Ichki ishlar organlari maʼlumotiga ko‘ra, do‘kon masʼullari piyodalar yo‘lidagi qurilish materiallarini olib tashlash bo‘yicha bir necha marta ogohlantirilgan, biroq talablar bajarilmagan va ikki nafar fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Murojaatda esa ularni IIB binosiga olib borish jarayonida ortiqcha kuch ishlatilgani bildirilgan. Ichki ishlar organlari mazkur vajni rad etib, xodimlar o‘z vakolatlari doirasida harakat qilganini maʼlum qilgan.
«Inklyuziv Ombudsman» loyihasi fuqarolik jamiyati vakillari bilan muhokama qilindi
22 Iyu
2026 yilning 22 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan “Inklyuziv Ombudsman” loyihasini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xorazm viloyatida “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida ayollar murojaatlari o‘rganildi va hal etildi
21 Iyu
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazida Ombudsman tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida Huquqiy yordam avtobusi tadbiri o‘tkazildi.
Markaziy tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar salomatligi bilan bog‘liq xabarlar o‘rganildi
20 Iyu
Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim internet nashrlarida, shu jumladan, Podrobno.uz saytida Toshkent viloyatidagi Jazoni ijro etish departamentining Markaziy tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarning salomatligi bilan bog‘liq holatlar haqida tarqalgan hamda Ombudsman tomonidan holatni o‘rganish so‘ralgan xabarlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Buxorodagi yopiq muassasalar xodimlari uchun “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazildi
17 Iyu
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida 1, 17 va 20-sonli jazoni ijro etish koloniyalari hamda 4-sonli tergov hibsxonasi maʼmuriyati xodimlari uchun qator tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati D.Axmedova hamda “Yuksalish” harakati Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari H.Bobojonovlar ham ishtirok etishdi.
Ombudsman va Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkentdagi qator yopiq muassasalarda monitoring o‘tkazdi
16 Iyu
2026-yilning 16-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi deputatlari tomonidan hamkorlikda Toshkent shahridagi Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona hamda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman o‘rinbosari fuqarolar qabulini o‘tkazdi
16 Iyu
2026-yilning 15-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
GANHRI tavsiyalari muhokama qilinib, keyingi qadamlar belgilab olindi
15 Iyu
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan seminar-treningning ikkinchi kunida Ombudsman institutining byudjet jarayoni, strategik rivojlanish rejasi, tashkiliy tuzilmasi, hududlardagi faoliyati hamda institutsional salohiyati bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan akkreditatsiya jarayonining asosiy talablari yuzasidan savol-javob va fikr almashuvlar o‘tkazildi.