Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
O‘zbekiston va Ozarbayjon: Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
18 Noy
2026-yilning 11-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashdi.
Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan yangi platforma yo‘lga qo‘yilmoqda
13 Noy
Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqandda
09 Noy
2026-yil 9-noyabr kuni Samarqand viloyatida “Tenglik va hurmat” loyihasi doirasida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Mamlakatimizning bir qator hududlarida “Ombudsman maktabi” doirasida aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
06 Noy
Joriy yilning oktabr oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari tomonidan mamlakatimizning bir qator hududlarida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida ochiq muloqotlar davom ettirildi.
Xovosda
06 Noy
2026-yil 6-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Xovos tumanidagi “Istiqlol”, “Do‘stlik”, “Tinchlik”, “Qayirma”, “Qahramon” va “Mustaqillik” mahallalaridan 70 nafar fuqaro qamrab olindi.
“Ombudsman soati” tadbirida 8 mingga yaqin o‘quvchi qamrab olindi
05 Noy
Joriy yilning 30 oktabrida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi hamda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar boʻlimi va Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Ombudsman soati” platformasi doirasida “Inson huquqlari madaniyati va yoshlar tashabbusi” mavzusida onlayn konferensiya tashkil etildi.
Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi huquqiy xabardorligi oshirilmoqda
29 Okt
O‘quvchilarga o‘z huquq va majburiyatlarini o‘rgatish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularga rioya etishning ahamiyati haqida bilim berish hamda ushbu bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Navoiy viloyatida odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari muhokama qilindi
26 Okt
2026-yil 26-oktabr kuni Navoiy viloyatida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning 2026-yilning 9 oyi davomidagi faoliyati yakunlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Tailand ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
22 Okt
Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Tailand Qirolligining Bosh ombudsmani o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning bir qator mamlakatlari Ombudsmanlari Tailandda qiynoqlarning oldini olish borasida tajriba almashmoqda
22 Okt
Joriy yilning 20–22-oktabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida Osiyo-Tinch okeani forumi (APF), Qiynoqlarning oldini olish assotsiatsiyasi (APT) hamda EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (ODIHR) hamkorligida tashkil etilgan “Qiynoqlar va shafqatsiz muomalaning oldini olish bo‘yicha mintaqaviy dastur: gender va kesishuvchanlik nuqtayi nazaridan yondashuv” mavzusidagi xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Tojikiston Ombudsmanlari devonlari xodimlari uchun shikoyatlarni ko‘rib chiqish va o‘rganish bo‘yicha mintaqaviy trening o‘tkazildi.
20 Okt
Joriy yilning 19–20-oktabr kunlari Toshkent shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi hamda Ispaniyaning Xalqaro taraqqiyot va adolat markazi (CDJI) bilan hamkorlikda O‘zbekiston va Tojikiston Ombudsmanlari devonlari xodimlari uchun shikoyatlarni ko‘rib chiqish va o‘rganish bo‘yicha mintaqaviy trening tashkil etildi.
Yopiq muassasalar monitoringi va dalillarga asoslangan hisobot tayyorlash bo‘yicha trening o‘tkazildi
17 Okt
Joriy yilning 15–16-oktabr kunlari Toshkent shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi hamda Ispaniyaning Xalqaro taraqqiyot va adolat markazi (CDJI) bilan hamkorlikda «Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazish metodikasi, ma’lumotlarni to‘plash va dalillarga asoslangan hisobotlarni tayyorlash» mavzusida maxsus trening tashkil etildi.