Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
lead
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman)
Eshmatova Feruza Farxodovna
Telefon :
(71) 239-81-36
Qabul:
Har oyning 30 sanasi 10:00-13:00

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova 1979 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori.
2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan. 2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Xalqaro ishlar va parlamentlaaro aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. 2020-2021 yillarda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan. 2021 yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)  sifatida faoliyat yuritmoqda.

  • Ombudsman o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi.

  • Vakil - mansabdor shaxs bo‘lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda yerkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya yetilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan.

  •  O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldiradi. Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga ko‘maklashadi.

  • Qonunchilikka asosan Vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdordir.

  • Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, har bir inson uchun ochiqlikdir.

  • Vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.

  • Vakil inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi.

  • Vakil harakatlarida inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish huquqiga ega.

  • U fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab arizalar va daʼvolar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etishi mumkin.

  • Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo‘lsa, qabul qiladi.

  • Vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi.

  • Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.

  • Anonim murojaatlar Vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

  • Qamoqda saqlash joylarining maʼmuriyati Vakilga qamoqda turgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart, uchrashuv va suhbat ushbu muassasalar xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi.

lead
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari
Narimanov Bekzod Abduvaliyevich
Telefon :
(71) 239-13-54
Qabul:
Har oyning 15 va 30 sanasi 10:00-13:00

1984 yil Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. 2006 yili Toshkent islom universitetini, 2009 yili O‘zbekiston milliy universitetining Yuridik fakultetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori, dotsent.

2021-2022 yillar Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, 2022-2023 yillar ushbu universitet Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

2023 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylangan.

lead
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) kotibiyati mudiri
Xayitov Temurbek Raxmatalievich
Telefon :
71 239-86-33
Qabul:
Chorshanba, 10:00-13:00

Xayitov Temurbek Raxmataliyevich 1987 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2010-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilgan.

2020-2024 yillarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2024 yilning 16 yanvaridan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Kotibiyati mudiri o‘z vakolati doirasida:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlari, Vazirlar Mahkamasining ijro apparati, shuningdek, davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda Kotibiyat nomidan ish ko‘radi;
  • Kotibiyat, uning sektorlari samarali ishlashini taʼminlaydi, Kotibiyat zimmasiga yuklangan funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

  • Kotibiyat tarkibiy sektorlari ishini muvofiqlashtirib boradi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;

  • Vakil, uning o‘rinbosari faoliyatining hisobot va maʼruzalar, axborot materiallari bilan taʼminlanishini yaxshilash, axborotni qayta ishlash va tahlil qilishning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi;

  • Kotibiyat tadbirlari rejasi tayyorlanishini tashkil etadi, Vakil topshirig‘iga binoan birgalikda Inson konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etish bo‘yicha komissiya majlislari kun tartibi loyihalarini ishlab chiqadi;

  • Vakilning parlament palatalari bilan hamkorligini va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishini taʼminlaydi, Vakil o‘rinbosari bilan birgalikda Vakil va davlat organlari o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, memorandumlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

  • Kotibiyat tarkibiy sektorlarida tayyorlangan masalalar to‘g‘risida Vakilga xabar beradi;

  • Kotibiyat faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi, Vakil ko‘rib chiqishi uchun Kotibiyat tuzilmasi, shtatlari va kadrlari tarkibi masalalari yuzasidan takliflar, Kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.

  • Vakilning qonunda belgilangan vazifalarini amalga oshirish yuzasidan zaruriyat tug‘ilgan hollarda, Kotibiyatga muayyan (Vakil tomonidan belgilangan) vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida tajribali mutaxassislarni jalb qiladi;

  • Kotibiyat mudiri qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

lead
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha Vakil maslahatchisi
Madrahimova Fotima Saydaliyevna
Telefon :
(71) 239-84-25
Qabul:
-
Fotima Madraximova 1989 yil 1 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Mening yurtim” telekanalida boshlagan. 2015-2018 yillarda “Parlament soati” dasturi muxbiri va muharriri, 2018-2019 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi siyosiy sharhlovchisi hamda 2019-2020 yillarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
 
  • Ombudsman instituti faoliyati haqida OАV, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʼli bilan aholiga muntazam, toʼliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
  • mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Ombudsman institutining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʼrganish;
  • axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʼlga qoʼyish;
  • OАV bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
  •  muntazam ravishda OАVda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
  • axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʼida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʼyicha ishlarni tashkil qilish;
  • davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
  • Vakilning faoliyati toʼgʼrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini oʼrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʼgʼrisida davlat organlari va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;
  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali Oʼzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʼzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan taʼminlash;
  • davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda oʼz rasmiy veb-saytida joylashtirish;
  • davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.