Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
monitoring
Ombudsman taqdimnomasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi ta’mirtalab hushyorxonalarni ko‘chirish choralari ko‘rilmoqda
04 Noy
Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Nukus shahar va Qonliko‘l tumani tibbiyot birlashmalari tarkibida tashkil etilgan mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (hushyorxona), Amudaryo tumani ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali, shuningdek, Chimboy tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar erkaklar internat uyida yashovchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish yuzasidan monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman Farg‘onadagi qator yopiq muassasalarda inson huquqlari ta’minlanishi holatini o‘rgandi
31 Okt
2025 yilning 31 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda jamoatchilik guruhi a’zolari Farg‘ona viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman Moskvadagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lib, yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi
21 Okt
2025 yilning 21 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova xizmat safari doirasida Moskva shahrining Saxarova hududida joylashgan xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi.
Sirdaryo viloyatida yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha taqdimnoma kiritildi
21 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatdagi bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Xorazm viloyatidagi penitensiar muassasalar o‘rganilganda Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra ba’zi muassasalar ta’mirlangani aniqlandi
17 Okt
2025 yilning 16–17 oktyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari, Devon xodimlari hamda Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizmi doirasida faoliyat yurituvchi jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan Xorazm viloyatidagi bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi. Ushbu jarayonlarda OAV vakillari ham ishtirok etishdi.
Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish masalalari Ombudsman mintaqaviy vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
13 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning mintaqaviy vakillari jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarga xulosa berish bo‘yicha komissiyalar yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda.
Ombudsman boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Daniya milliy preventiv mexanizmi faoliyati bilan tanishdi
24 Sen
2025 yil 23 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari xizmat tashrifi davomida Daniyadagi milliy preventiv mexanizm faoliyati bilan tanishishdi. Daniyada MPMdoirasidagi monitoring mamlakat Parlamenti Ombudsmaniga yuklatilgan.
Navoiyda mahkumlar uchun madaniy tadbir o‘tkazildi va monitoring tashrifi amalga oshirildi
09 Sen
2025 yilning 6 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan 4 va 11-son jazoni ijro etish koloniyalarida madaniy tadbirlar o‘tkazildi.
Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari o‘tkazildi
08 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jumladan, Uychi tumanida joylashgan 6-son tergov hibsxonasi, Namangan viloyati IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSʼH), Pop tumanida joylashgan 6-son jazoni ijro etish koloniyasi hamda IIB maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash maxsus qabulxonasidagi sharoitlar o‘rganildi.
Navoiy viloyatida mustaqillik bayrami arafasida mahkumlar uchun maʼnaviy tadbir va monitoring tashriflari o‘tkazildi
30 Avg
Davlat mustaqilligining 34 yilligi arafasida respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida Navoiy viloyatidagi 4- va 5- jazoni ijro etish koloniyalarida madaniy tadbir tashkil etildi. Respublikadan viloyatga tashrif buyurgan taniqli olimlar, sanʼat va madaniyat xodimlaridan iborat madaniyat va maʼrifat karvoni ishtirokchilari koloniyalarda xizmat qilayotgan xodimlar va ularda saqlanayotgan shaxslar bilan ijodiy uchrashuvlar va yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazishdi. Siyosatshunos, oilashunos, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxammedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Ro‘zmetov, teatr va kino aktyori Baxrom Usmonov, O‘zbekiston davlat filormoniya xonandasi Faxriddin Xolnazarov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyati bo‘lim rahbari Rustam Hayitov va boshqalar inson qadri, oilaviy hamjihatlik va mehr-oqibat qadriyatlarini targ‘ib qildilar. Samimiy muloqotlardan so‘ng konsert dasturlari namoyish etildi.
Ombudsman Andijon viloyatidagi yopiq muassasalardagi sharoitlarni o‘rgandi
28 Avg
2025 yil 26–27 avgust kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshchiligida va uning huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha MPM doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari aʼzolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Andijon viloyatida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
27 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatchilik guruhlari tomonidan 2025-yilning iyun oyida Quyichirchiqva Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasida Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan edi.