Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
lead
BUXORO VILOYATI
Xuseynova Abira Amanovna
Telefon :
65 223-28-04
Qabul:
Chorshanba, Juma 14:00 dan 17:00ga qadar
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Buxoro shahar, Navoiy shoh ko‘chasi 3-uy

A.Xuseynova 1958 yil Buxoro viloyati Buxoro shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, falsafa fanlari doktori, professor

1980–1986 yillarda Buxoro to‘qimachilik kombinati nazoratchisi, uslubshunosi va  “To‘qimachi” gazetasi muxbiri, 1986–1991 yillarda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti katta laboranti, 1991–2000 yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsenti, bo‘limi boshlig‘i va prorektor lavozimlarida ishlagan.

2000–2004 yillarda Buxoro shahar hokimi  o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2004–2018 yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti kafedra dotsenti, professori va kafedra mudiri, 2018–2020 yillarda  “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i, 2020–2022 yillarda Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi professori sifatida ishlagan.

Oliy Majlis Senati aʼzosi.

2022 yil fevraldan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
SAMARQAND VILOYATI
Xusanov Diyor Sheraliyevich
Telefon :
66 230-42-36
Qabul:
Dushanba, Juma, 14:00 - 17:00
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Samarqand shahar, Ko‘ksaroy maydoni 1-uy (viloyat hokimligi binosi 2-kavat)

D.Xusanov - 1987 yil Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. «3-darajali yurist» maxsus unvon – martaba darajasiga ega.

2009–2011 yillarda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasining bo‘lim katta maslahatchisi, 2011–2013 yillarda Samarqand shahar 6-son davlat notarial idorasi notarius ish o‘rganuvchisi, 2013–2015 yillarda Samarqand shahar “Ekipaj transgaz” huquqshunosi, 2015–2016 yillarda Samarqand viloyat “Kompyuterlashtirish markazi” kadrlar bo‘limi boshlig‘i, 2016–2017 yillarda  Samarqand viloyat hokimligi referenti, yetakchi mutaxassisi, 2017–2018 yillarda Samarqand viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi yuriskonsulti, 2018–2019 yillarda Samarqand viloyati hokimligida yuridik xizmati bosh yuristkonsulti, yetakchi mutaxassis, 2019–2022 yillarda Samarqand viloyatidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasini vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2022 yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
Sirdaryo viloyati
Alimov Shuxrat Ashrabovich
Telefon :
67 225-10-90
Qabul:
Dushanba, Juma 14:00 dan 17:00ga qadar
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Guliston sh., I.Karimov ko‘chasi, 35-uy

Sh. Alimov 1973 yil Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan. Maʼlumotli oliy, mutaxassisligi muhandis, huquqshunos. «2-darajali adliya maslahatchisi» maxsus unvon – martaba darajasiga ega.

1995–1996 yillarda Boyovut tumani hokimligining marketing bo‘limida mutaxassis, 1996–2016 yillarda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar idoralarida, 2016–2019 yillarda Guliston davlat universitetida kadrlar bo‘lim boshlig‘i, 2019–2020 yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida inson huquqlarini himoya qilishi bo‘limi bosh maslahatchisi, 2020–2021 yillarda Sirdaryo tumani adliya bo‘limi boshlig‘i, 2021–2022 yillarda Mirzaobod tumani adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022 yil 15 fevraldan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI
Shlimbetov Jenisbay Qurbanbayevich
Telefon :
61 222-45-77
Qabul:
Dushanba, Juma, 14:00-17:00
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Nukus shahri G‘arezsizlik ko‘chasi 50 uy

J.Shlimbetov 1979 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi tarixshunos, huquqshunos.

2004–2006 yillarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Nukus-remmash" tovarshunos va dispetcheri, 2006–2008 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy texnika jihatdan va moliyaviy taʼminlash departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi xodimi, 2008–2009 yillarda "Turon-Xojeli" savdo-sotiq bo‘limi operatori, 2009–2010 yillarda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Kotibiyati moliya-xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i, 2010–2020 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Apparatida moliya-xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i, Apparat rahbarining o‘rinbosari, yetakchi mutaxassis, bosh yuristkonsult va yuridik bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2021–2022 yillarda- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.

2022 yil 15 fevraldan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.

Vazifalari:

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
JIZZAX VILOYATI
Jo‘rayev O‘tkir Kamilovich
Telefon :
91 630-17-83
Qabul:
Dushanba, Juma 10:00 -13:00
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Jizzax shahar, Sharof Rashidov shox ko‘chasi (Jizzax viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 4-qavati)

O‘.Jo‘rayev - 1973 yil Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi maxsus unvon – martaba darajasiga ega.

1992–2003 yillarda Jizzax viloyati sudida sud majlisi kotibi va ariza va shikoyatlar bo‘yicha maslahatchi, 2003–2006 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi sudyasi, 2006–2011 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiobod tuman sudi raisi, 2011–2018 yillarda Jizzax huquqshunoslik kollejida yurist, 2018–2022 yillarda Yangiobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022 yil 15 fevraldan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
QASHQADARYO VILOYATI
Normuradov Murodulla Tog‘ayevich
Telefon :
75 221-10-81
Qabul:
Seshanba, Payshanba 10:00 -13:00
Manzil:
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik shox ko‘chasi 2-uy

M.Normuradov - 1946 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumotli oliy, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

1973–1990 yillarda Toshkent texnika universitetbning “Eksperimental va nazariy fizika” kafedrasida o‘qituvchi, dotsent, professor vazifalarida mehnat qilgan.

1990–1992 yillarda ToshDTU qoshidagi o‘quv ilmiy va ishlab chiqarish birlashmasi direktori, 1992–1997-yillarda ToshDTU kafedra mudiri, fakultet dekani vazifalarida mehnat qilgan. 1997–2009 yillarda Qarshi muhandislik Iqtisodiyot institutida, 2009–2013 yillarda Qarshi davlat Universitetida rektori, 2013-2021 yillarda QarDUda “Fizika” kafedrasi professori bo‘lgan.

1997–2014 yillarda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati, 1999–2009 yillar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati, Senator bo‘lib saylangan

2003 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan

 2003–2021 yillarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili lavozimida jamoatchilik asosida ishlagan.

2022 yil 15 fevraldan doimiy asosda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakili sifatida faoliyat yuritmoqda

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
TOSHKENT VILOYATI
Kamalov Rustam Jamalovich
Telefon :
93 588-48-80
Qabul:
Seshanba, Payshanba 10:00-13:00
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Toshkent viloyati,  O‘rtachirchiq tumani, Bektemir shoh ko‘chasi 232

R.Kamalov 1974 yil Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi tarix o‘qituvchisi, yurisprudensiya. «3-darajali yurist» maxsus unvon – martaba darajasiga ega.

2015–2017 yillarda Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasida yuridik maslahatchi, 2017–2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida yuridik byuro bosh yuriskonsulti, 2018–2019 yillarda Oqqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, 2019–2022 yillarda Oqqo‘rg‘on tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022 yil 15 fevraldan Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
Farg‘ona viloyati
Kamilov Alisher Odilovich
Telefon :
73 244-23-79
Qabul:
Dushanba, Juma 14:00 dan 17:00ga qadar
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Farg‘ona shahar A.Navoiy ko‘chasi 17-uy.

A.Kamilov 1962 yil Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. «adliya maslahatchisi» maxsus unvon – martaba darajasiga ega.

1984–1986 yillarda Farg‘ona viloyat qishloq xo‘jalik texnika taʼminot boshqarmasi huquqshunosi, 1986–1987 yillarda Farg‘ona viloyat umumiy nazorat bo‘limi prokurori, 1987–1990 yillarda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar prokurorining katta yordamchisi, 1990–1992 yillarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar prokurorining katta yordamchisi, 1992–1993 yillarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar hokimining o‘rinbosari, 1993–1994 yillarda Farg‘ona viloyati Toshloq tuman prokurori, 1994–1999 yillarda Farg‘ona viloyat prokurorining sudlarda fuqarolik ishlarini ko‘rishda prokuror vakolatini taʼminlash bo‘yicha yordamchisi, 1999–2000 yillarda Farg‘ona viloyat prokurori yordamchisi, 2000–2007 yillarda Farg‘ona viloyat prokurorining xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishida prokuror vakolatini taʼminlash bo‘yicha katta yordamchisi, 2007–2011 yillarda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman prokurori, 2011–2013 yillarda  Farg‘ona viloyati Quva tumani prokurori, 2015–2021 yillarda Marg‘ilon shahar “Progress” firmasi huquqshunosi lavozimlarida ishlagan.

2022 yil 15 fevraldan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
SURXONDARYO VILOYATI
Artiqov Abdirashid Zairovich
Telefon :
97 242-16-53
Qabul:
Dushanba 9:00-12:00
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Termiz Shaxar At-Termiziy ko‘chasi 7 A uy

1968-1970 yillarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani N.Boymurodov jamoa xo‘jaligida ishchi, 1970-1975 yillarda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 1994 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini sirtdan tamomlagan.

1975-1982 yillarda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 26 trestda muhandis, laboratoriya boshlig‘i, 1982-1984 yillarda harbiy xizmatda, 1984-1987 yillarda Jarqo‘rg‘on tuman partiya qo‘mitasida instruktor, 1987-1989 yillarda Toshkent Oliy partiya maktabi tinglovchisi, 1989-1991 yillarda Surxondaryo viloyat partiya qo‘mitasida instruktor, mudir o‘rinbosari, 1991-1995 yillarda "Surxonirqurilish” trestida bosh muhandis, boshqarma boshlig‘i, 1995-1997 yillarda Toshkent shahridagiSuvmash” zavodining Termiz filialida direktor, 1997-2004 yillarda Surxondaryo viloyati nasos stansiyalari energetika va aloqa boshqarmasi boshlig‘i, 2004-2005 yillarda Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi boshlig‘i, 2005-2013 yillarda Amu-zang irrigatsiya tizimida muhandis, 2013-2017 yillarda Surxondaryo viloyati Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi direktori, 2017-2017 yillar Surxondaryo viloyati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kengash raisining birinchi o‘rinbosari, 2018 yildan 2022 yilgacha Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali dotsenti, bir vaqtning o‘zida jamoatchilik asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson xuquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyati mintaqaviy vakili (jamoatchilik asosida). 

2022 yil 24 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
NAVOIY VILOYATI
Djurayev Shuxrat Nizamovich
Telefon :
79 229-62-84
Qabul:
Seshanba, Payshanba 14:00-17:00
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Navoiy shahri Islom Karimov ko‘chasi, 77-A uy

D.Djurayev 1958 yil Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi muhandis-mexanik.

1975–1980 yillarda Navoiy qurilish boshqarmasi chilangari, 1980–1982 yillarda Samarqand viloyati ijroiya qo‘mitasi mehnat bo‘limi Paxtachi tumani bo‘yicha vakili, 1982–1992 yillarda Navoiy viloyati ijroiya qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, o‘rinbosar, instruktor, katta referent, rais yordamchisi, ish boshqaruvchi lavozimlarida ishlagan. 1992–1995 yillarda Navoiy viloyat hokimligi kotibiyat boshlig‘i (apparat rahbari), 1995–1999 yillarda Navoiyazot-Kitay-Zamin “Kimyo” qo‘shma korxonasi bosh muhandisi, keyinchalik bosh direktori, 1999–2007 yillarda Navoiy viloyat hokimligida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshlig‘i, 2007–2020 yillarda “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

2022 yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili sifatida ishlab kelmoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
XORAZM VILOYATI
Ollayorov Odilbek Davlatovich
Telefon :
98 577-18-68
Qabul:
Seshanba, Payshanba 09:00-13:00
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Xorazm viloyati Urganch shahri Al-Xorazmiy ko‘chasi 29-uy

O.Ollayorov 1968 yil Xorazm viloyati Xazorasp tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi avtomobil transportidan foydalanish muhandisi, huquqshunos.

1995–1996 yillarda Toshkent viloyati IIB o‘quv markazi tinglovchisi, 1996–2001 yillarda Xorazm viloyati Davlat avtomobil nazorati bo‘limi katta inspektori, 2001–2009 yillarda Xorazm viloyati IIB Yul harakati xavfsizligi boshqarmasi Ruyxatga olish imtixon bulimi inspektori, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2009–2014 yillarda Xorazm viloyati IIB YHXB boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2014–2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV vazirining o‘rinbosari IIV YXXB boshqarmasi boshlig‘i, 2017–2022 yillarda “Oydin yo‘l avtomaqtabiMCHJ direktori sifatida faoliyat yuritgan.

2022 yil 15 fevraldan hozirga qadar Oliy majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili sifatida ishlamoqda.

- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;

- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;

- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;

- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish

lead
NAMANGAN VILOYATI
Valiyev Jahongir Mamadaliyevich
Telefon :
91 294-70-00
Qabul:
Dushanba, Juma 14:00 – 17:00
Email:
info_ombudsman.uzb@umail.uz
Manzil:
Namangan viloyati, Namangan shahri U.Nosir ko‘chasi 7-uy

J. Valiyev 1966 yil Andijon viloyati, Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi menejment.

1986–1994 yillarda Namangandagi qator matbuot jamiyatlarida hisobchi va bosh hisobchi sifatida ishlagan. 1994–2001 yillarda Namangan shahar solik inspeksiyasi va Namangan viloyat Davlat solik boshkarmasida inspektor, bosh inspektor, bo‘lim boshlig‘i, 2001–2006 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Respublika axborot-maslahat markazi Namangan viloyati bo‘linmasi boshqaruvchisi o‘rinbosari, 2006–2008 yillarda Namangan viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi yetakchi mutaxassisi va bosh mutaxassisi, 2008–2010 yillarda Namangan shahar hokimining o‘rinbosari, 2013–2017 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Respublika axborot-maslahat markazi Namangan viloyati bo‘linmasi mutaxassisi, 2017–2018 yillarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik” sanoat uyushmasi Namangan filiali direktori, 2018–2022 yillarda O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022 yil 15 fevraldan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Namangan viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.