Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida baʼzi shifokorlar o‘rni vakant ekani aniqlandi
2022 yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakili Alisher Kamilov, Farg‘ona viloyati prokurorining katta yordamchisi O.Sobirov va “Yuksalish” umummilliy harakati Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari N.Elchiyevalar bilan birgalikda viloyatdagi 10-son tergov hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan mahbuslarning sharoitlari bilan tanishdi.

Monitoring tashrifida tergov hibsxonasidagi Voyaga yetmaganlar bilan suhbatlashilganda hibsxonadagi sharoitlar va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlar kelib tushmadi.

Shuningdek, monitoring davomida yakkama-yakka tarzda uchrashmoqchi bo‘lgan mahbus va mahkumlar murojaatlari tinglandi. Jumladan, Sh.B. jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shaxar sudining 14.03.2022 yil kungi xukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qism “a” bandi bilan 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan maxrum qilinganligi, sud hukmiga nisbatan apellyatsiya shikoyati yozganligi, ishni ko‘rib chiqilishida qatnashib, amaliy yordam berishni so‘ragan. Mahbusga zararni to‘liq qoplash choralarini ko‘rgan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmasligi tushuntirildi.

Mahkumalardan biri sog‘lig‘idagi muammolar tufayli hibsxona tibbiyot bo‘limi shifokoriga murojaat qilganida unga o‘z vaqtida kerakli muolajalar o‘tkazilayotgani va oziq-ovqat taʼminotidan ham shikoyati yo‘qligini bildirdi.

aniqlanishicha, hibsxonadagi davolash profilaktika-yordam ko‘rsatish bo‘limida shifokor dermatovenerolog va psixolog lavozimlari vakant bo‘lib turibti.

Tergov harakatlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalarni ko‘zdan kechirish jarayonida, bu toifadagi xonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlangani va advokatlar istalgan vaqtda advokatlik so‘rovnomasi bilan tergov jarayonlarida tasvirga olingan videomateriallarni talab qilib olishi mumkinligi aytildi.

Hibsxonadagi  advokat bilan uchrashuv xonalari kameradan holi bo‘lib, advokatlar bugungi kunda muassasada saqlanayotganlar bilan moneliksiz uchrashayotganligi aniqlandi.

Muassasadagi oshxona ko‘zdan kechirilganda tergov hibsxona boshlig‘ining oylik tasdiqlangan menyusiga asosan hibsxonada saqlanayotgan mahkum va mahbuslarga taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq va taomnomaga mos berilayotgani maʼlum bo‘ldi.

Monitoring o‘rganishlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati