Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili 2-son tergov hibsxonasi maʼmuriyatiga qanday tavsiyalar berdi?
2022 yil 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili Jenisbay Shlimbetov, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va “Yuksalish” umummilliy harakatining hududiy bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 2-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tergov hibsxonasi 350 nafar sig‘imga ega. Tergov hibsxonasida 29 mart holatiga ko‘ra jami 224 nafar shaxs saqlanmoqda. Shundan 19 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Tergov hibisxonasida 4ta advokat bilan uchrshuv xonalari va 1ta tergov xonasi mavjud bo‘lib, tergov xonasi videokamera bilan jihozlangan.

Monitoring davomida hibsxona oshxonasi va mahkumlarga ovqat tayyorlash jarayoni, oziq-ovqat omborxonasidagi taʼminot va taomnoma menyusi ko‘zdan kechirilganda, jiddiy kamchiliklar aniqlanmadi.

Muassasadagi tibbiy bo‘linmaga 6 ta shtat birligi ajratilgan bo‘lib hozirgi kunda vakant o‘rinlar mavjud emas. Tibbiyot xonalari qayta taʼmirlangan va to‘liq tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.  Dori-darmon zaxirasi bo‘yicha ham kamchilik aniqlanmadi.

Tergov hibsxonasining mahkumlar yuvinish xonalari taʼmir talab ekanligi va yorug‘lik past darajada ekanligi aniqlanib ularni talab darajasiga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, binoning tashqi hojatxonasi umuman talab darajasida emasligi aniqlandi. Muassasa maʼmuriyati hozirgi kunda bino hojatxonasini taʼmirlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirdi.

Tashrif davomida koloniyalardagi 6 nafar mahbus bilan shaxsiy hamda 25 nafar mahbus bilan jamoaviy qabullar o‘tkazildi. yakkama-yakka tartibda o‘tkazilgan qabullarda 1 nafar mahkum tergov harakatlaridan naroziligini bildirdi. Shuningdek sudda Ombudsman xodimlari ishtirokini taʼminlashni so‘radi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari