Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
RASMIY MUNOSABAT

 Ijtimoiy tarmoqlarda mahbus Aleksandr Trofimovga nisbatan 1-son tergov hibsxonasida, yaʼni “Toshturma”da kuch ishlatilib, qiynoqqa solingani va mazkur holat bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga murojaat qilinganiga qaramay, hech qanday chora ko‘rilmayotgani haqida xabar tarqatildi.

Ushbu holat o‘rganilganda, mahbus A.Trofimov yoki uning yaqinlari tomonidan qiynoq holatlarining mavjudligi yuzasidan Ombudsmanga hech qanday ariza kelib tushmagani maʼlum bo‘ldi.

Ombudsmanga taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, muqaddam sudlangan mahbus A.Trofimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va joriy yilning 11 may kuni 1-son tergov hibsxonasiga olib kelingan.

Hozirda mahbus A.Trofimovning tergov jarayonida qiynoqqa solinganiligi holati Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nazoratiga olinib, Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.

Ushbu vaziyatga oydinlik kiritilgach, yakuniy natija bo‘yicha OAVga batafsil maʼlumot taqdim etiladi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari